Terlashga qarshi 5 ta muhim maslahat

Yozning issiq kunlari ko‘pchiligimizni bir muammo tashvishga sola boshlaydi – terlash. Ayniqsa, qo‘ltiqning terlashi ko‘pincha bizni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. To‘g‘ri, bugungi zamonaviy gigiyena vositalari bu kabi noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ammo ulardan juda ko‘p foydalanish ham teri kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.

Aslida insonning terlashi tabiiy holat. Tibbiyotning ma’lum qilishicha, 1 sutka davomida tanadan 1 litrgacha ter ajralib chiqar ekan. Terning asosiy vazifasi shundaki, u tana haroratini bir maromda ushlab turib, uni qizib ketishdan asraydi. Shuningdek, modda almashinuvini faollashtiradi. Organizmdagi toksinlar ham ter bilan birga chiqib ketadi. Ya’ni, terlash inson salomatligi uchun foydali. Ter teshikchalari yopilib qolishi esa sog‘ligimizga xavf tug‘diradi.

Qo‘ltiqni bakteriyalardan himoya qilish, quruq va sog‘lom saqlashning ham tabiiy usullari mavjud. Quyida sizga bu bo‘yicha tavsiyalarni beramiz.

Tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilish:

Issiq kunlarda kun davomida ikki marotaba dush qabul qilish teridagi bakteriyalarga qarshi eng samarali kurash hisoblanadi. Hech bo‘lmaganda qo‘ltiqni kun davomida ikki marotaba antibakterial sovun va iliq suv bilan yuvish kerak bo‘ladi. Terlash asosan teri yaxshi nafas ololmagan vaziyatda paydo bo‘ladi. Shu tufayli issiq kunlarda ipak, paxta kabi tabiiy matodan tikilgan havo o‘tkazuvchi kiyimlarni kiying.

Taomnomaga diqqatli bo‘lish:

Tarkibida kofein moddasini saqlovchi mahsulotlar, ya’ni qahva, qora choy, kakao ter ishlab chiqaruvchi apokrin bezlarini faollashtiradi. Shu sababli, bu kabi mahsulotlardan vaqtincha o‘zingizni tiying. Shuningdek, garmdori va boshqa achchiq mahsulotlarni, spirtli ichimliklarni, to‘yintirilgan yog‘-moyga boy mahsulotlarni, shakar va shirinliklarni tanovul qilish, tamaki chekish tavsiya qilinmaydi.

Terining yog‘lilik darajasini me’yorida tutish:

Teri sog‘lom bo‘lishi va mikroblarga qarshi tura olishi uchun uning yog‘lilik darajasi me’yorida bo‘lishi kerak. Ana shunda hid keltirib chiqaradigan bakteriyalar omon qolmaydi. Terining haddan tashqari quruqligi uning burishi va unga ajin tushishiga sabab bo‘lsa, haddan tashqari yog‘li terida har xil toshmalar kuzatilishi mumkin.

Teridagi yog‘lilik darajasi me’yorida bo‘lishi uchun issiq vaqtlarda ko‘proq

Biror mato yoki paxtani olma sirkasiga botirib qo‘ltiq ostiga suring va shu yo‘l orqali tozalang. Bu turli dezodorant yoki spreylarni ishlatishdan samaraliroq.

Yana o‘qing:  Bodring va go‘shtli salat

Limon yordamida muolaja:

Uy sharoitida amalga oshirish mumkin bo‘lgan yana bir muolajani limon yodamida amalga oshirish mumkin. Limon bakteriyalarni o‘ldirishda juda samarador vosita sanaladi. Toza uzilgan limonni ikki bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklarni olib, birma-bir qo‘ltiq ostiga ishqalang va limon sharbati teriga singishiga qadar buni to‘xtatmang. Limon singib, teri quriganidan so‘ng dush qabul qiling. Buni qo‘ltiqdan keladigan hid darajasi pasayguniga qadar hech bo‘lmaganda har kuni bir marotaba bajaring.

Oziq-ovqat sodasini suv bilan birga-bir qilib aralashtiring. Tayyor bo‘lgan pastani qo‘ltiq ostiga surib, 20-30 daqiqa qoldiring va undan so‘ng suv bilan yuqib tashlang.

Rayhondan foydalanish:

Rayhon guli ham bakteriyalarga qarshi samarali kurashadi. Uning bir nechta barglaridan olib dush qabul qilguningizcha bir necha daqiqa mobaynida qo‘ltiq ostiga qo‘ying. Shu yo‘l orqali biror natijaga erishi uchun bu usuldan haftada uch marotaba foydalanish kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Hindiston va Pokistondan keltiriladigan nim o‘simligining ekstrakti bo‘lgan tabiiy kremlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Nim yoki margoza (Azadirachta indica) teridagi bakteriyalarga qarshi kurashuvchi samarali vositadir.

Yuqoridagi tavsiyalardan tashqari yana bir tavsiyamiz shuki, issiq paytlarda dush qabul qilgandan so‘ng, ayniqsa issiq dushdan keyin shosha-pisha kiyinmang. Tanangizni yaxshilab quritib, keyin kiyinib oling. Kiyimlaringizni, xususan terlagan kiyimni almashtirib, yuvib turing. Aks holda, saqlanib qolgan bakteriyalar yana tanaga yuqib qoladi. Juda ko‘p terlasangiz, terlashga qarshi maxsus yostiqchalardan foydalaning. Va, shifokorga murojaat qiling!

Manba:sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: