Izlanishlar samarasi – muvaffaqiyat

Musiqa inson kechinmalarining go’zal sayqalidir. Unda hamisha ko’ngilning eng inja tuyg’ulari o’z aksini topadi. San’at va musiqani qalban anglagan, uni sevgan inson hamisha go’zallikka intilib yashaydi. Mutaxassislarning fikricha, musiqa bola tarbiyasi borasida o’ziga xos o’ringa ega ekan. Unda ohanglarni farqlash orqali zehn, tafakkur va did sayqallanib boradi.

Qizalog’i Kamilada musiqaga, ayniqsa, pianinoga bo’lgan qiziqishini angalagan xonadon kattalari uni R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida saboq olishini ma’qul ko’rishdi.

Kamila Sultanovada musiqani o’zgacha muhabbat bilan sevish va tushunish iqtidorini ko’rgan ustozi Raxmet Polvonov qizaloqqa ham ustoz, ham otadek mehr va qat`iyat bilan pianinoning barcha sir-asrorlarini imkon qadar o’rgatib bordi.

Mehnatning mevasi rag’batda ko’rinadi, deganlaridek ustoz va shogird birgalikdagi mashaqqatli izlanishlari joriy yilning 25-29 mart kunlari Rossiyaning Suzdal shahrida an’anaviy tarzda o’tkazilib keli­nayotgan «Oltin halqa» nomli xalqaro tanlovda O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli o’quvchi va o’qituvchilari qatorida Kamila Sultanova ham munosib ishtirok etdi.

Yosh bo’lishiga qaramay, Kamila Sultanova mazkur tanlovda ­D.Omonullayevaning «Bibixonim maqbarasida», I.Gaydnning «Be­shinchi so­natasi», I. Stravinskiyning «Uchinchi etyudi» asarlarini mahorat bilan ijro etib oliy sovrin – gran-priga sazovor bo’ldi.

– Yaratilgan imkoniyatlar muvaffaqiyatlar eshigini ochadi. Ana shu muvaffaqiyatlar mehnat va mashaqqatsiz bo’lmaydi. Bu mukofot Vatanimga, xalqimga, ustozlarimga, ota-onamga bo’lgan e’tirofdir, – deydi Kamila o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashganida.

Vatanimiz bolalari iqtidorli, intiluvchandir. O’tkazilgan mazkur tanlovda bu yana bir bor o’z isbotini topdi. Sababi, Kamila bilan birgalikda fortopiano yo’nalishida hamyurtlarimiz Shahriyor Sham­sutdinov, estrada-vokal yo’na­li­shida Xurshid Xalilovlar ham ishtirok etishib, III-o’ringa munosib deb topildilar.

Yoshlarimizning jahon sah­nalarida erishgan yutuqlari yurtimiz yoshlariga berilgan imkoniyatlarning samarasi, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Zero, biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo’lmaymiz ham.

Jamshid XALILOV,

Xalq ta`limi vazirligimutaxassisi

Яна ўқинг:  Меҳр ила ёруғдир қалблар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: