“Barkamol avlod” – yosh iste’dodlar festivali

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning sinfdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi iqtidorni aniqlash va har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti festivali o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbir “Barkamol avlod” bolalar markazlari tarbiyalanuvchi lari o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, uning hududiy bosqichlarida 10 ming nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Toshkent shahrida joriy yilgi festivalning yakuniy respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 140 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Festival yakunida Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, “Barkamol avlod” bolalar markazlari badiiy jamoalari hamda yosh iste’dodli xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

G‘oliblar Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yana o‘qing:  Anhorning so‘lim sohillarida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: