Organizmga kalsiy yetishmasligining 6 belgisi
- Kariyes. Agar organizm oziq-ovqat mahsulotlaridan yetarli miqdorda kalsiy ololmasa, uni boshqa joydan izlashga kirishadi. Bu bizning tishlarimizdir.
- Xotira sustlashishi. Bir qancha nevrologik belgilar, masalan xotiraning yo‘qolishi va gallyusinatsiya kalsiy yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
- Oyoqlarda tomir tortishishi. Kalsiy miqdorining kamayishi asab tolalarining siqilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kalsiy yetishmovchiligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu tunda paylarda yuzaga keladigan tomir tortishishidir.
- Qo‘l va oyoqlarning sanchib og‘rishi yoki uvishishi. Bu asab tolalarining siqilishi natijasida yuzaga keladigan holatlardan biri sanaladi. Bu holatda organizm egasiga qarata “Suyaklaringni asrab qol!” deya nola qiladi.
- Uyqu bilan bog‘liq muammolar. Kalsiy uyqu bilan aloqador melatonin garmonini ishlab chiqarilishida qatnashadi, uning darajasi ortishi bilan organizm kuchli uyquga ketadi.
- Xurujlar. Kalsiy neyromediatrlar va muskullaring qisqarish jarayonini to‘g‘ri shakllanishiga aloqador sanaladi. Shunday ekan, mazkur moddaning organizmda taqchilligi hatto, sog‘lom insonlarda turli xurujlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Xurshida Husenova