Arazchi mushuk
Mushuk bor edi yalqov,
Itdan sira qo’rqmasdi.
Yonidan o’tsa birov,
Miyovlashni qo’ymasdi.
Yuvib-tarasa Mahkam,
Birdan yo’qoldi, qoldi.
Janjalkash ukacham ham,
Ne qilsin? Yig’lab oldi.
Oradan o’tdi ancha,
Turna qaytdi ortiga.
Ovuntirmaylik qancha,
Ukam ko’nmas bariga.
Qor yoqqandi. Pochtachi,
Konvertda xat keltirdi.
Yozuvi aji-buji,
Afrikadan! – deb berdi.
Endi yozning chillasi,
Kelarmish biz tomonga.
Sher tog’asin villasi,
Yoqqan emish “mehmon”ga.
Gulzoda ISMATOVA,
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi60-umumta’lim maktabi o’quvchisi