Tanlovda kashf etilgan iqtidor

Yoshlik – kuch, shijoat va g‘ayrat demakdir. Undagi jo‘shqinlikni doimo ezgulikka yo‘naltirmoq lozim. Zero, xalqimiz «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh», deb bejizga aytmagan.

Yurtimizda barcha sohalar kabi ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor va undagi o‘zgarishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarimizning chuqur bilim egasi bo‘lishiga qaratilgan sa’y-harakatdir.

Yoshlar orasida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan turli musobaqa va tanlovlar ham ularni bir maqsad yo‘lida jamlab, qiziqish va intilishlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Bolaligidan jurnalistika sohasiga qiziqadigan 220-umumta’lim maktabining 8-«A» sinf o‘quvchisi Dilruh Turdiyeva uchun ham ana shunday tanlovlar haqiqiy sinov maydoni bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U shu yili Toshkent shahar Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tgan insholar tanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

– Muntazam o‘tkazilib kelinayotgan insholar tanlovlarida ishtirok etishim, o‘z xatolarimni to‘g‘rilashga xizmat qiladi. Ustozim ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Feruza Zufarova ko‘magi bilan o‘z ustimda doimo ishlab kelmoqdaman. Nasib qilsa, albatta keyingi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishga harakat qilaman, – deydi Dilruh Turdiyeva.

Har bir inson o‘ziga xos iqtidor egasi. Ana shu iqtidor va iste’dod turli tanlov va musobaqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ko‘plab iste’dodlarni kashf etilishiga xizmat qilayotgan tanlovlarda ishtirok etayotgan Dilruh kabi yoshlarga hamisha omad yor bo‘lsin.

Safiya NAZAROVA

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-18)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: