Oromgohga jalb qilinmagan bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘ladi?

Mana, yozgi ta’til kunlari ham boshlandi. O‘quvchilar dam olish oylarini allaqachon rejalashtirib qo‘yishgan. Aksariyat bolajonlar sog‘lomlashtirish oromgohlari bag‘rida dam oladilar. Aslida oromgohlar dam olish maskanlari vazifasini o‘tasa ham, u yerda o‘tkaziladigan va olib boriladigan har bir ish bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, uning har tomonlama ma’naviy kamol topishiga yordam beruvchi asosiy tarbiya manbai bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa oromgohda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tarbiyachi va yetakchilar yoz davomida o‘z mahoratlarini to‘la namoyon etib, bola shaxsiga yaqindan yondoshishlari, undagi insoniylik va ijobiy xislatlarni shakllantirishga turtki bo‘ladigan qiziqarli ishlar majmuasini tashkil etishlari lozim.

Joriy yilda ham jami 1 ming 150 ta (214 ta statsionar, 936 ta kunduzgi oromgohlar) oromgoh tashkil etilib, ularga yoz mavsumi davomida qariyb 300 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. Umumta’lim maktablarida 4,5 milliondan ortiq o‘quvchi tahsil olishini inobatga oladigan bo‘lsak, oromgohga jalb qilinmagan bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘ladi degan savol tug‘iladi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra o‘tgan yilga nisbatan 7 ming 100 nafarga ko‘p bola qamrab olinmoqda.

Ayni patda Xalq ta’limi vazirligi tashabusi bilan oromgohlarga qamrab olinmagan bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun “Yoz-2017” konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini foydali mehnatga yo‘naltirishdir.

Mazkur konsepsiyaga ko‘ra respublikadagi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmaydigan hamda kunduzgi oromgohlar tashkil etilmagan ta’lim muassasalarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni,

– Maktablarda “sog‘lomlashtirish maydonchalari”;

– “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklar;

– Axborot-resurs markazlarida kitobxonlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur Konsepsiyaga muvofiq ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari joriy yilning15 iyunidan 15 avgustigacha haftaning dushanba-juma kunlari davomida o‘quvchilar yoshiga muvofiq tashkil etiladi.

yozkonsepsiya

Muassasalarida belgilangan vaqtlarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda davra suhbatlari, o‘yinlar, viktorinalar, sport musobaqalari, kitobxonlik bahslari, ingliz tili saboqlari, musiqa to‘garagi kabi turli tadbirlar tashkil etiladi.

Bu davrda ta’lim muassasalaridagi to‘garaklar, sport maydonlari, kutubxona va ma’naviyat xonalarining uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ushbu maskanlarda o‘quvchilarning ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishiga barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Yana o‘qing:  NIKOH ShARTNOMASI mulkiy munosabatlarni tartibga soladi

Bugun Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida “Yoz-2017” konsepsiyasi asosida bu yilgi mavsumga start berildi.

Tadbirda markaz tarbiyalanuvchilarining ijodiy ishlar ko‘rgazmalari tashkil etilib, unda ota-onalar o‘z farzandi yasagan buyumlar bilan tanishdilar.

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: