Salomatlik yo‘lida bellashuv

Ma’lumki, yurtimizda sportni rivojlantirishga, ayniqsa, ayollar va bolalar sportiga alohida e’tibor beriladi. Sport bilan shug‘ullanish orqali ayollar salomatligini asrash, sog‘­lom avlod dunyoga kelishini ta’minlash, ayollarning o‘z salomatligiga mas’uliyatini oshirish asosiy maqsadlardan biridir.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida “Yoshlik” talabalar shaharchasi sport majmuasida «Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi. Bellashuvda vazirliklar va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ishtirok etishdi.

Sportning voleybol, badminton, stol tennisi, shashka va gimnastrada turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar yakunida «Eng shiddatli jamoa» – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, «Eng kuchli jamoa» – Mudofaa vazirligi, «Eng chaqqon jamoa» – Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Eng ahil jamoa» – Xalq ta’limi vazirligi, «Eng intizomli jamoa» – Ichki ishlar vazirligi, «Eng mahoratli jamoa»– Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoalari deb topildi.

Tadbir ishtirokchilariga tashkilotchi hamda hamkorlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saida JABBOROVA

Yana o‘qing:  Har bir bola alohida e’tiborda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: