“Hamshira – 2017” ko‘rik-tanlovining g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Hamshira – 2017” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar, hamshiralar ishtirok etdi.

Xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, birlamchi tibbiy sanitariya yordamini ko‘rsatish, aholini patronaj va shoshilinch tibbiy xizmat bilan qamrab olishda hamshiralarning xizmati katta.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova va boshqalar mamlakatimizda jahondagi ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, o‘rta va oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash tizimi yaratilgani va bu jarayon uzluksiz taraqqiy ettirilayotganini, mazkur tanlov aholining reproduktiv salomatligini asrash, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda hamshiralarning o‘rni va rolini oshirish, ijtimoiy faolligini va bilimini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Prezidentimizning joriy yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, jismonan va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, yurtimiz tibbiyot muassasalarida eng ilg‘or va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishda dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur hujjatlar hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilari tibbiyot sohasidagi amaliy va nazariy bilimlarini namoyish etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar mohiyati, unda hamshiralarning o‘rni va vazifasi bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.

hamshira07Qizg‘in bahslar yakunida Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamshirasi Shahnoza Fozilova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi Feruza Bo‘tayeva ikkinchi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi Muharram Salimova uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  7 kun davomida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: