“Barselona”ning ertagi tugadi(mi)?

Bu haftada butun dunyo futbol ixlosmandlarining nigohi Yevropa yashil maydonlariga qaratildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, seshanba va chorshanba oqshomlarida muxlislar uzoq kutilgan uchrashuvlarning guvohiga aylanishdi.

23 aprel kuni Yevropa chempionlar ligasi yarim final bahslari dastlabki uchrashuvlari doirasida Germaniyaning “Bavariya” klubi so‘nggi yillarda futbol olamida o‘z gegemonligini o‘rnatgan Ispaniyaning “Barselona” jamoasini qabul qildi. O‘yin kutilganidek har ikki tomonning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. “Barselona” o‘z uslubida maydon markazida to‘pga egalik qilishga harakat qildi, ammo nemislarning maydon markazidagi ishonchli o‘yinlari sababli bu uslub o‘zini oqlamadi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar natijasida uchrashuvning 25-daqiqasida Tomas Myuller boshi bilan zarba yo‘llab, nemis klubini oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan so‘ng “Bavariya” hujumlarni yanada keskinlashtirdi. Tomonlar birinchi bo‘limni 1:0 hisobida yakunlab, tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlarning tezkor hujumlari bilan boshlandi. Mario Gomes 49-daqiqaga kelib, “Bavariya”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Myullerning uzatgan to‘pini “Supermario” golga aylantirdi.

Garchi, “Barselona” to‘pni kerakli darajada o‘zida olib yurgan bo‘lsada, mezbonlar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi. Aleksis Sanches yuzaga kelgan bir nechta vaziyatlardan ko‘ngildagidek foydalana olmadi.

73-daqiqaga kelib “Bavariya”ning gollandiyalik futbolchisi Aryen Robben o‘yin taqdirini hal qiluvchi golini kiritdi. O‘zining zargarona yurishlari bilan Valdesni dog‘da qoldirgancha hisobning 3:0 ko‘rinishiga kelishini ta’minladi. 82-daqiqada bo‘lsa, Myuller “Barsa”ni butunlay “nakaut”ga uchratdi, 4:0.

Shu tariqa javob o‘yini oldidan “Bavariya” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

24 aprel kuni yana bir super to‘qnashuv, Dortmundning “Borussiya” hamda Madridning “Real” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Yana o‘qing:  KIM CHAQQON?!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: