Qalb bekati

Kim o‘tmishdan ta’lim olmasa, kelajak unga rahm-shafqat qilmaydi.

* * *

Bemorlik – kichik dars. U senga “Bu hayotning boshqa tarafi ham bor. Ya’ni doim sog‘lom yuravermaysan. Bemorlik degan qiyinchilikka ro‘baro‘ ham bo‘lasan. Shuning uchun xasta bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lib, sog‘ligingning qadriga yet. Har qancha molu dunyoga ega bo‘lmagin, ofiyatning oldida o‘sha boylik esga ham olinmaydigan bir narsa bo‘lib qoladi” degan o‘gitni o‘rgatadi.

* * *

Mashaqqat paytida sabr, tortishuv paytida esa aql bilinadi.

* * *

Agar odamlarning qalblarini ko‘ra olganingda, har bir qalbda og‘riqli, iztirobli qissalarni ko‘rgan bo‘larding. Bas, shunday ekan, bir-birimizga rahm-shafqatli, mehribon bo‘laylik.

* * *

Boshqalarga biror nima hadya qilish, xursandchilik ulashishdagi his-tuyg‘udan ko‘ra yoqimliroq his-tuyg‘u topilmas. Boshqalarga yaxshilikni ilinganing va ulashganing qadar senga undan ziyodasi keladi.

* * *

Baxtiyorlar – mahzunlik eskini yangi qilolmasligini, o‘tmishni qaytarolmasligini, g‘oibni keltirolmasligini bilib, uni bir chetga uloqtirib, tabassum qilgan shaxslardir.

* * *

Hech kimga sen bilan vaqtinchalik hissiyotlar ila, ya’ni mahzun bo‘lganda oldingga kelib, xursand bo‘lganda seni unutib muomala qilishiga ruxsat berma.

* * *

Quyidagi narsalar eng chiroyli rizqlardandir:

Onaning duosi;

Otaning roziligi;

Akaning borligi;

O‘g‘ilning kulgusi;

Do‘stning e’tibori;

Yaxshi ko‘rgan odamingning duosi.

Nozimjon HOSHIMJON to‘pladi

Yana o‘qing:  Profilaktika kuni ogohlikka chorlamoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: