Yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga rekord darajadagi abituriyentlar hujjat topshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda bu yil oliygohlarga rekord darajada abituriyentlar hujjat topshirishi kutilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017 yilda oliygohlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 795 mingga yetishi taxmin qilinmoqda. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 663 ming nafarni tashkil qilgan edi.

Davlat test markazi vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda markaz tomonidan bu miqdordagi abituriyentlarni test sinovlaridan o‘tkazishni tashkillashtirish uchun ulkan ishlar amalga oshirildi.

Suhbatdoshning fikricha, oliygohlarda o‘quvchilar sonining ko‘payishi nafaqat davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, balki mamlakatda talab kuchli bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish imkonini ham beradi.

«So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o‘rtacha 10-15 foizga ko‘payib borgan. Shu yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoevning «2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlangan edi. Ushbu qarorga asosan qabul kvotasi rejasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 mingtaga – 57 907 dan 66 316 taga ko‘paytirildi. Shuningdek, oshirilgan to‘lov-kontrakt stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul joriy etiladi»- dedi DTM vakili.

Shu bois oliy ta’lim muassasalari oldiga kelgusi besh yil uchun qator yangi vazifalar qo‘yilgan. Yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatish, hududlar talabidan kelib chiqib mutaxassislar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘z ilmiy salohiyatini mustahkamlash kabilar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, har bir oliy ta’lim muassasi 13 yillik, ya’ni 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishi darkor.

Oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida yana bir qadam qo‘yilmoqda — ta’lim sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etiladi.

Manba:sof.uz

Yana o‘qing:  Hurmatli yurtdoshlar! Muhtaram poytaxtimiz mehmonlari!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: