2017 yil qaysi OTMda hujjatlarni onlayn qabul qilish joriy etiladi?

Bugungi kunda hujjatlarni elektron usulda, onlayn qabul qilish abituriyentlarga bir qancha qulaylik yaratadi. Buning uchun odatdagidek, OTMga borish, jazirama issiqda navbat kutish shart bo‘lmaydi.

Bu borada Toshkent Axborot texnologiyalari instituti dastlabki qadamni tashladi va hujjatlarni onlayn qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida mazkur usul O‘zbekistondagi boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham qo‘llanilishi to‘g‘risida savollar o‘rtaga tashlangan.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Madjidov bu masalaga quyidagicha izoh berdi:

«Hozirda abituriyentlarning hujjatlarini masofadan turib qabul qilish katta imoniyatlarni yaratadi. Biroq bu jarayonni amaliyotga joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvalambor, abituriyentning elektron raqamli imzosi talab qilinadi. Barcha hujjatlarni talabga muvofiq shaklda imzolab, kerakli manzilga yo‘llashni bilishi kerak. Undan so‘ng, rasmiy hujjatlarni ham taqdim etish talab qilinadi. Buning uchun abituriyent yetarlicha bilim-ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, hujjatlarni onlayn topshirish uchun shunga munosib AT infratuzilmasi kerak. Agar infratuzilma tayyor bo‘lmasa, talab qilingan tezlikda ishlay olmasa, o‘qish jarayoni buzilib qoladi», — deya qayd etdi Inomjon Madjidov.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Madjidovning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi ikki masala o‘z ijobiy yechimini topsa, kelgusida onlayn hujjat topshirish tizimi barcha OTMda joriy etiladi. Toshkent Axborot texnologiyalari institutida esa mazkur tizim sinovdan o‘tkazilmoqda.

Yana o‘qing:  Butunjahon olimpiadasi yakuniga yetdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: