O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifa va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

Veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va davlat dasturlarini ishlab chiqish;

Hayvonlar yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olish, tezkor aniqlash, tashxis qo‘yish va epizootik barqarorlikni ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini monitoring qilish;

Hayvonlarni turli kasalliklardan saqlash, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xom ashyolar xavfsizligini ta’minlash sohasida idoraviy va ishlab chiqarish xizmatlari, shuningdek, xususiy veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish;

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

Ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarini belgilash, fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalarni veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish va bu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or texnologiya va tajribalarni veterinariya sohasiga joriy qilish va boshqalar.

Veterinariya sohasida ilmiy-tadqiqotlar hajmi, ko‘lami va sifatini oshirish maqsadida mazkur farmonga muvofiq:

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Davlat veterinariya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi;

Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning o‘ta xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari bo‘yicha davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etildi;

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifatini nazorat qilish davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalari sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markaziga aylantirildi.

Yana o‘qing:  Farg‘ona viloyatida bitiruvchilar uchun maxsus yarmarkalar tashkil etilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: