Iqtidorga munosib e’tibor

Bola ongu shuurini shakllantirishda ota-onaning o‘rni qanchalik muhim bo‘lsa, maktabda ustozning o‘rni ham shunchalik muhimdir. Zero, har bir o‘quvchini xuddi o‘z farzandi singari bag‘riga bosib saboq berayotgan uni tarbiyalayotgan muallim hamisha tahsinga loyiqdir. Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 165-maktabda o‘z kasbini ardoqlayotgan fidoyi ustozlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Maktabda o‘quvchilarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. ­Ra’no Mirzayeva, Ra’no Abdusalomova, ­Dilnoza To‘laganova, Lola Norqobilova, Aqida ­Xolmatova, Dilbar Musayeva, Sayyora Temirova singari o‘qutuvchilarning berayotgan saboqlaridan nafaqat o‘quvchilar, balki ularning ota-onalari ham mamnun bo‘lishmoqda. Ta’lim maskanida o‘tkazilayotgan har bir tadbirni qiziqarli ravishda tashkil etishda ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zumrad Hakimova hamisha bosh-qosh. Shu bois ham o‘tkazilgan tadbirlar haqiqiy bayramga aylanib ketadi.

Toshkent shahar, Olmazor tumani maktablarining 4-sinflar o‘rtasida “Yosh iqtidor egalari” ko‘rik-tanlovining tuman bos­qichi ham ana shunday bayram shukuhida o‘tdi. Tuman miqyosida o‘tkazilgan “Yosh rassomlar” ko‘rik-tanlovi g‘olibi 2-sinf o‘quvchisi Munisa Umarovaning rasmlar ko‘rgazmasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, 4-sinf o‘quvchisi Umida Mirvaliyeva ijrosidagi jozibali raqslar qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

– Biz bugun maktablar orasida eng iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olib, ularni ko‘rik-tanlovning shahar va respublika bos­qichlarida ishtirokini ta’minlashni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Ko‘rik-tanlov davomida o‘quvchilarni ta’lim sifatini qay darajada o‘rganganligini, ularni shakllanganligi belgilab olinib, bolajonlarning ijodiy yondoshuvi borasidagi iqtidorlari aniqlandi. Ayniqsa, 242-, 243-, 1-, 278-, 326-,16-,165- maktab o‘quvchilari o‘z iqtidorlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘ldi, – deydi Olmazor tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi Ziyoda Nag‘manova.

Ha, yoshlikda olgan bilim kelajakka qo‘yilgan tamal toshidir. Buni dildan ang­lagan Shohista Mirzaxojayeva rahbarligidagi 165-maktab o‘qituvchilari shogirdlar tarbiyasi borasida tinimsiz izlanishda. Biz esa ularning sharafli kasbiga hamisha rivoj tilaymiz.

Jamila HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Olamni asrash –odamni asrash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: