Salomatlik va xush kayfiyat siri

Doimo salomat bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda yurishni istaysizmi? Unda quyidagi tavsiyalarimiz bilan tanishing.

  1. Har kuni 30 daqiqa davomida faol jismoniy harakat bilan shug‘ullaning.
  2. Kun davomida 8 stakan suv iching.
  3. Nonushtani qirollardek, tushlikni shahzodalardek, kechki ovqatni esa faqirlardek iste’mol qiling.
  4. Ko‘proq tabiiy mahsulotlarni tanovul qiling.
  5. O‘z — o‘zingizni tahlil qilish uchun vaqt ajrating
  6. Yoga bilan shug‘ullaning, tuz va gazli suvlarni kamroq tanovul qiling.
  7. Ko‘proq kitob o‘qing.
  8. Kun davomida kamida 10 daqiqa sokinlikda o‘tirish uchun vaqt ajrating.
  9. Kun davomida 8 soat uxlang.
  10. Piyoda ko‘p sayr qiling va tabassumni kanda qilmang.
  11. O‘z hayotingizni o‘zgalar turmush tarzi bilan taqqoslamang.
  12. Unutmang vaqt hamma narsani davolaydi.
  13. O‘zingizni yaxshi ko‘ring.
  14. Energiyangizni safsatabozliklar uchun sarf qilmang
  15. Vaqtdan unumli foydalaning. Bu uchun sizda barcha narsa yetarli.
  16. Umringizni birovlarni ko‘ra olmaslik uchun sarf etmang.
  17. O‘tmishingizga ko‘ning, zero u kelajagingizni barbod qilmasin.
  18. Sizni o‘zingizchalik hech kim baxtli qila olmaydi
  19. Yaxshi va yomon vaziyatlar vaqti kelib o‘zgarib turadi.
  20. Esingizda bo‘lsin: stress ko‘pgina kasalliklar sababchisi sanaladi.
  21. Qarindosh va yaqinlaringizni tez-tez yo‘qlab turing.
  22. Insonlar bilan iliq munosabatda bo‘lishga odatlaning.
  23. Birovlarning siz haqingizdagi fikri sizni aslo hayajonga solmasin.
  24. Hayot qisqa, lekin undan rohatlanish uchun vaqt yetarli ekanini unutmang.

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Pishloq qo‘shilgan ismaloqli pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: