Tvorogli koptokchalar
Zarur mahsulotlar: 2 dona tuxum, 250 gr. tvarog, 25 gr. shakar, 2 dona tuxum, 250 gr. un, 200 gr. sariyog‘, osh sodasi, shakar kukuni, uksus.
Tayyorlanishi: tuxumni shakar bilan aralashtiriladi. So‘ngra tvarog, uksusda o‘ldirilgan soda, un solib yumshoq xamir qoriladi. Xamir tingunga qadar olmalarni po‘stidan archib qirg‘ichdan chiqariladi. Xamirni mayda zuvalachalarga ajratilib xar bir zuvalacha ichiga qirg‘ichdan chiqarilgan olma solinib koptokcha xolatiga keltiriladi. Qizigan yog‘da koptokchalarni qizartirib pishirib olinadi. Dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM