Sog‘liqni saqlash vaziri yiliga ikki marta parlamentda axborot beradi
Oliy Majlis Senati 27 may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunni tasdiqladi.
Qonunda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.