Olimlar superantibiotik yaratdi
Amerikalik olimlar an’anaviy davolash usullari ta’sir qilmaydigan organizmlar — superbakteriyalarga qarshi kurashishga qodir antibiotik vankomitsinning bir turini yaratdi. Tegishli tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi. U haqda Skripps tadqiqot instituti (AQSH) qisqacha xabar bermoqda.
Mutaxassislar vankomitsinning uchinchi modifikatsiyasini hosil qildi. U bakteriyalar hujayra devori o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Avvalroq antibiotikning yana ikki modifikatsiyasi ishlab chiqilgan edi, ulardan har biri bakterial infeksiyaga qarshi kurashishning o‘z strategiyasini ko‘zlaydi.
Olimlarning fikricha bu mikroorganizmlarda antibiotiklarga qarshiligi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Vankomitsinning uch karra modifikatsiyasi asosida yaratilgan dori vositasi oldingi versiyalaridan ming marta ko‘proq samaradordir.
Manba:daryo.uz