Yosh shaxmatchilar taqdirlandi

Shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati markaziy kengashi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada ishtirokchilar blits, rapid va standart yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi.

Musobaqaning standart yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar shu yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Musobaqada umumjamoa hisobida Toshkent shahri yosh shaxmatchilari birinchilikni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati ikkinchi, Navoiy viloyati uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari, medal hamda sertifikatlar topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Ajdodlarni yod etib

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: