Futzalchilarimiz chorak finalda

Tailandda futzal bo‘yicha yigirma yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘llanma oldi.

“S” guruhidagi bahslarda qatnashgan futzalchilarimiz dastlabki uchrashuvda myanmalik tengdoshlarini 5: 0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gonkong yoshlariga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz 8: 2 hisobida g‘alaba qozondi. Livan terma jamoasi bilan kechgan keskin va murosasiz uchrashuvda 4: 4 hisobi qayd etildi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuvni futzalchilarimiz qatarlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazib, 7: 4 hisobida zafar quchdi.

Yoshlarimiz chorak finalda mo‘g‘ulistonlik tengqurlari bilan bahslashdi. Keskin va murosasiz tarzda o‘tgan uchrashuvda Xose Mariya Mendez shogirdlari raqiblarini qo‘shimcha taymlarda 10: 7 hisobida mag‘lub etib, Eron, Iroq va Tailand terma jamoalari bilan birga yarim finalga yo‘l oldi.

Yana o‘qing:  Voleybol

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: