Infografika: Kim qayerda o‘qiydi ?
Aytish joizki, 2016-2017 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 467 ming 19 nafar o‘quvchini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida bir necha bor “So‘rovnoma”lar o‘tkazilib, ularning akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirish istagi aniqlandi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra bitiruvchilarning 42 ming 790 nafari (9,2%) akademik litseylarda, 424 ming 229 nafari (90,8%) esa kasb-hunar kollejlarida o‘qish niyatida ekanini bildirgan.