Tibbiy-ijtimoiy yordam: 100 ming nafarga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam samaralariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda fondning tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan tibbiy-ijtimoiy loyihalari, aholi o‘rtasida tibbiy-ijtimoiy patronaj yordamini tashkil etish samaralariga oid ma’ruzalar tinglandi.