Yuksak ma’naviyatli yoshlar festivali

Termizda “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika yoshlar festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalaridan iborat 231 nafar yosh qatnashdi.

Ishtirokchilar “Prezident asarlari bilimdoni”, “Badiiy ijod”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “Vatan kuychisi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod” kabi nominatsiyalar bo‘yicha turli yosh guruhlarida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Tadbir doirasida hunarmandlik, tasviriy va amaliy san’at, ilm-fan yutuqlariga oid ko‘rgazma tashkil etildi.

Bilim va mahorati yuqori baholangan 25 nafar ishtirokchi festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Farhod ABDURASULOV,

O‘zA

Yana o‘qing:  FARMATSEVTIKA: Milliy mahsulot hajmi oshmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: