Plastikni qayta ishlovchi zavod – har bir uyda

Plastik – olimlar anchadan beri turli texnologiyalar ishlab chiqarib, kurashib kelayotgan global muammo. Plastikdan yoqilg‘i va sintetik tola yaratish o‘ylab topilgan. Biroq, bularning barchasi yirik hajmli va qimmatbaho uskunalarni talab qiladi, yana shunisi borki, qayta ishlangan texnologiya o‘z-o‘zidan atrof-muhitga ziyon yetkazadi.

Precious Plastic startapi noodatiy qarorni taklif qiladi: har bir uyga mo‘ljallangan minizavod. Asosiy xomashyo – maydalangan plastik.

Loyihaning ajoyibligi shundaki, uni sotish taklif qilinmaydi: loyiha ishtirokchilari uni yig‘ishga oid ko‘rsatmani hamma bilan bo‘lishadilar. Material va uskunalarni topish esa qiyinchilik tug‘dirmaydi. Uyog‘i o‘zingizga havola: plastikni xobbiga aylantirish yoki xayolingizga kelgan narsani ishlab chiqarish bo‘yicha kichik biznesni yo‘lga qo‘yish.

Shunday uskunalar tufayli borgan sari ommalashayotgan 3D-printerlar uchun plastik olish mumkin. Bundan chiqdi, plastik butilkalardan haqiqatda foydali buyumlar yasash mumkin ekan-da, yana o‘z qo‘llarimiz bilan!

H.Teshaboyev

uznature.uz

Yana o‘qing:  Yangi kashfiyot soch to‘kilishiga qarshi dorilarni ishlab chiqishda yordam beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: