2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida uchar taksilar xizmat qiladi

“Toyota” kompaniyasi mutaxassislari yer sathidan o‘n metr yuqorida, soatiga 100 kilometr tezlikda uchadigan dron-avtomobilni yaratish ustida ish olib bormoqda.

“SkyDrive” deb ataluvchi mazkur qurilmani jamoa keyingi yil sinovdan o‘tkazishni hamda 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining boshlanish paytida undan tijorat maqsadida foydalanishni rejalashtirmoqda.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, kattaligi 2,9 metr keladigan ushbu qurilma dunyodagi eng kichkina uchar mashina bo‘ladi. Shuningdek, bu qurilma har qanday jamoat yo‘lida ham yura oladigan bo‘ladi. Ixtirochilar yangi uchar avtoulovni boshqarish oson bo‘lishini va’da qilishmoqda.

 

Dilfuza JAVHAROVA,

Toshkent 1-yuridik kolleji o‘quvchisi

Yana o‘qing:  SPORT XABARLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: