Nafis harakatlar jozibasi

Qaddi-qomati nozik gulg‘unchalar singari qizlarning badiiy gimnastika mashqlarini mahorat bilan bajarayotganini ko‘rib zavqlanib ketasiz. Ular go‘yo mohir raqqosalardek nafis raqs ijro etishar, ohanglarga mos harakatlar esa betakrorligi bilan ajralib turardi. Badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, akrobatika, sinxron suzish, sport raqsida o‘z iqtidorlarini namoyish etayotgan go‘zallik malikalariga chindanda havas qilsang arziydi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining respublika miqyosida o‘tkazib kelayotgan “Sinxron suzish”, “Nafosat olami” sport musobaqalari, “Suv parisi” ochiq chempionati nafaqat g‘oliblarni aniqlash balki bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga jalb etish, ularni sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.

2012 yilning dekabr oyida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorlikda o‘tkazgan “Sog‘lom avlod uchun” kubogi IX respublika turnirida qatnashgan yoshlar o‘z viloyatlari sha’nini munosib ravishda himoya qilishdi. Stol tennisi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Namangan viloyatidan Sagdiana Mamadaliyeva III o‘ringa loyiq topilgan bo‘lsa, navoiylik Sitora Obloqulova II o‘rinni egalladi. I o‘rin Toshkent viloyatidan Komila Xoliqovaga nasib etdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik o‘yinlarida Sirdaryo viloyatidan Zarif Mamarajabov III o‘rin sohibi, Toshkent viloyatidan Sherzod Mamatqulov II o‘rinni, Toshkent shahridan Shohruh Qodirov I o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamg‘arma va uning mintaqaviy filiallari tomonidan bolalar sportini rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash borasida birgina 2012 yilning o‘zida 1000 ga yaqin musobaqalar o‘tkazilib g‘oliblar munosib ravishda taqdirlandi.

Ayniqsa, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki bosqichda o‘tkazilgan “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqalarida 1267 nafardan ziyod bog‘chalarning 10 ming nafardan ziyod tarbiyalanuvchilari ishtirok etgani quvonarli holdir. Bir so‘z bilan aytganda kelajagimiz bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning tanni toblovchi sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlarida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jam­g‘armasi tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalari muhim ahamiyatga ega.

Sahifani Jamila Haydarova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Tibbiy madaniyat – uzoq umr garovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: