Turfa an’analar namoyishi

“O‘zekspomarkaz”da mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida madaniy an’analar va milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari D.Hakimov O‘zbekistonda jahonning turli mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli, do‘stona hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy sohalar bilan birga madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Turli xalqlar tarixi, urf-odat va an’analari, san’ati va madaniyati bilan yaqindan tanishish do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatlar mamlakatimizdagi elchixonalar o‘rtasida muntazam o‘tkazib kelinayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, anjuman va festivallarda o‘z ifodasini topmoqda.

Festivalda AQSH, Afg‘oniston, Bangladesh, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vyetnam, Janubiy Koreya, Indoneziya, Iordaniya, Italiya, Kuvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Shveysariya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

– Ushbu festival dunyo xalqlarining betakror urf-odatlari namoyishiga aylangan, – dedi Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. – Uning ishtirokchilari va mehmonlari soni yil sayin oshib borayotir. Bu yerda asl Sibir chuchvaralari, belarus draniklari, qozoq beshbarmoqlari, fransuz pishiriqlari va, albatta, hamma uchun sevimli o‘zbek palovini tatib ko‘rish mumkin. Bunday tadbirlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festivalda turli xalqlarning rang-barang qadriyat va an’analari, milliy liboslari, hunarmandlik va amaliy san’at namunalari namoyish etildi. Turli tillardagi qo‘shiqlar, jozibador kuy va raqslar barchaga zavq bag‘ishladi.

 

Nodira MANZUROVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Festival yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: