Bokuda IV “Islom birdamlik o‘yinlari” start oldi

8-22 may kunlari o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqada 57 ta davlatdan 3 ming 500 dan ziyod sportchilar ishtirok etadi.

O‘zbekiston sharafini turnirda 103 nafar hamyurtimiz sportning 15 ta turi bo‘yicha himoya qilishadi. Atletlarimiz boks, taekvondo, dzyudo, karate, o‘q otish, gandbol, tennis, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, yengil atletika, para-dzyudo va para-atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda ishtirok etadilar.

Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib gandbolchi qizlarimiz musobaqadagi dastlabki uchrashuvni Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishdi. Afsuski, bahsda turkiyalik gandbolchi qizlar tajriba bobida ustunlik qilishdi va bellashuvni o‘z foydalariga hal qilishdi.

Delegatsiyamizning asosiy qismi Bokuga 11 may kuni yetib keladi. Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari esa Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlab, 15 may kuni Ozarbayjon poytaxtida delegatsiyamiz safini to‘ldirishadi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Yurtimizda xalqaro badiiy gimnastika turniri o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: