Samarqandga sayohat
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi “Mehribonlik” uylari va maxsus maktab-internatlar o‘quvchilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida 50 nafar o‘g‘il-qiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorligi bilan tanishdi. Yosh sayyohlar qadimiy obidalar hamda shaharda mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bilan tanishib, katta taassurotga ega bo‘lishdi.