BILASIZMI? (2013-14)

Adidas. Dunyodagi eng taniqli sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi bu brendga asoschi — Adi Dasler ismining qisqartma shakli berilgan.

Yahoo!. “Gulliverning sarguzashtlari” asari muallifi Jonatan Svift asarda yoqimsiz, jirkanch kishilarni “Yahoo” (“yahu”) deb ta’kidlaydi. Yahoo! kompaniyasi asoschilari Jerri Yang va Devid Filo ham o‘zlarini shunday ataganlar va kompaniyaga ham shu nomni berganlar.

LG. Eng mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend – “Lucky “ (Omadli) va “GoldStar” (Oltin yulduz) larning bosh harfidan olingan.

Daewoo. Kim Vu Chong o‘z kompaniyasini oddiygina Daewoo (koreys tilidan tarjima qilinganda “Ulkan borliq”) deb nomlashni ma’qul ko‘rgan.

HP. Bu brendning nomlanishi kompaniyaning ikki asoschilari – Bill Hyulett (Hewlett) hamda Deyv Pakkard (Packard) ning familiyalari bosh harfidan kelib chiqqan.

Hyundai. Mazkur nom koreys tilida “zamonaviylik” degan ma’noni anglatadi.

Apple. Stiv Jobs qo‘li ostidagi kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topilmadi. Bir kuni janob Stiv Agar kompaniyaga munosib nom topilmasa, uni Apple (“olma”) deb nomlashini aytdi (ayni o‘sha payt­da u olma iste’mol qilayotgan edi). Barcha xodimlar buni hazil deb o‘ylashdi. Ish kunining so‘ngida esa Stiv Jobs qarori qat’iy ekanligini isbotladi. Keyinchalik kompaniya logotipiga ham aynan Stivning tishlangan olmasi tasviri qo‘yildi.

Google. Bu so‘z kompaniyaning birinchi sarmoyadori chek qog‘ozida yozilgan va o‘z-o‘zidan shu nom kelib chiqqan. Aslida ingliz tilida yuzta noldan iborat raqam gugol deb ataladi. Kompaniya egalari gugol so‘zini eng yaxshi nom deb bilishgan. Ammo ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda xatoga yo‘l qo‘yilib, “Gugl” (Google) deb yozishadi. Shundan beri, “gugol” o‘rniga “gugl” so‘zi qo‘llanib kelinadi.

Nokia. Kompaniya o‘z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab, keyinchalik Finlyandiyaning Nokia shahrida rezina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shundan so‘ng, jarangdor Nokia nomi maydonga chiqdi.

Sanyo. Yapon tilidan bu so‘z “uch ummon” deya tarjima qilinadi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON OLIY TIBBIYOT TA’LIMI SAMARALARINING YANA BIR XALQARO E’TIROFI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: