Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida hududiy filiallar bilan birgalikda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining o‘quv kurslarini o‘tkazishda faol ishtirok etadi. “2017–2018 yillarda xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” ma’qullandi.