Jahonning sut mahsulotlari ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlari aniqlandi
Bostondagi Tafts universiteti tadqiqotchilari jahonning 187 mamlakatidagi alkogolsiz ichimliklar iste’moli holatini tahlil qilib, ma’lum bir ichimlik iste’moli sayyoraning tegishli bir hududiga xos ekanligini aniqladi. Bu haqda PLoS One jurnali yozmoqda.
Masalan, Shvetsiya va Finlyandiya aholisi, Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, islandiyaliklar rekord darajada ko‘p – kuniga 1,3–,6 stakan sut ichadi. Bu sayyoradagi kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ortiq. Tropik va qashshoq mamlakatlarda esa sut juda kam ichiladi.
Mevali sharbatlar esa, Kolumbiya va Gabonni hisobga olmasa, badavlat mamlakatlar ichimligi bo‘lib chiqdi. Mevali sharbatlar asosan AQSH, Germaniya, Avstraliya va birinchi dunyoning boshqa mamlakatlarida faol iste’mol qilinadi, eng kam esa Markaziy Afrika va Xitoyda ichiladi.
Alkogolsiz zararli ichimliklar iste’moli bo‘yicha Karib havzasi va Meksika yetakchilikni qo‘lga olgan. Mintaqa aholisi kuniga kamida ikki porsiya gazlangan ichimlik iste’mol qiladi, bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p. Masalan, xitoyliklar bir kunda bir stakan “kola”ning beshdan birini ham iste’mol qilmaydi.
Manba: sof.uz