Mening biznes g‘oyam

Nukusda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va bir qator tijorat banklari hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov bitiruvchi-yoshlarning turli loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tanlovda 150 bitiruvchi o‘z loyiha va g‘oyalari bilan ishtirok etdi. Ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda hunarmandlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, innovatsion g‘oyalar, chorvachilik yo‘nalishlari bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.

– Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning turli biznes g‘oya va tashabbuslari, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi kishini hayratlantiradi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi huzuridagi “Yosh tadbirkor” maslahat markazi koordinatori Abdulaziz Mo‘minov. – Milliy hunarmandlik, kashtachilik, tikuvchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik bo‘yicha qator istiqbolli g‘oyalar ilgari surilgan.

Xo‘jayli tibbiyot kolleji bitiruvchisi Roza Bozorboyevaning milliy qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha biznes g‘oyasi ko‘pchilikni qiziqtirdi. Bankning 10 million so‘mlik imtiyozli krediti evaziga amalga oshiriladigan bu loyihada 2 kishining bandligi ta’minlanadi.

– Buning uchun menda tajriba yetarli, – deydi R.Bozorboyeva. – 2016 yilda Nukus shahridagi “Iffatli kelin” o‘quv markazining qandolatchilik bo‘limida o‘rgangan hunarim ushbu biznesni yuritishimda asqotadi.

Tanlovda o‘z g‘oyalarini taklif etgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Eng yaxshi deb topilgan 11 istiqbolli g‘oya sohibi tanlovning mamlakat bosichiga yo‘llanma oldi.

 

Aminboy ORTIQBOYEV,

O‘zA muxbiri          

Yana o‘qing:  BAYRAM ShODIYONASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: