Toshkentda 4 balli zilzila sezildi
Bugun, 3 may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etildi.
Toshkent shahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishdi. Zilzila Farg‘ona vodiysida ham kuzatilgan.
Zilzilaning epitsentri Tojikiston hududida joylashgan bo‘lib, markazda zilzila kuchi 5,7 ballni tashkil etgan.
Toshkent seysmologiya markazi tez orada aniq ma’lumotlar taqdim etadi.