Yoshlar bandligini taminlashda onlayn-yarmarka

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “JobFair – 2017” X ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy “JobFair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash va yoshlar o‘rtasida bandlikni oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Unda ta’lim muassasalari bitiruvchilari va tajribali mutaxassislar o‘zlariga mos ish topish, korxona va tashkilotlar bo‘sh o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlab olish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Yarmarkada O‘zbekistonda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yetmishta kompaniya ishtirok etdi.

MyJob.uz amaliy tarmog‘i va “Karyera+” gazetasi tahririyati tomonidan o‘tkazilgan tadbirning ochilishida mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘layotir.

Strategiyada mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurti muassasalarining bitiruvchilari bandligini hamda mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilma rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturiga muvofiq 2016/2017 o‘quv yilidagi 450 ming bitiruvchini ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, 800 dan ortiq ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini bevosita kasb-hunar kollejlarida o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalarga 360 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratish, nogiron va kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish o‘rnini band qilish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olish maqsadida 24-28 aprel kunlari “JobFairOnline – 2017” onlayn-yarmarka ham o‘tkaziladi.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga a’zolik guvohnomasi topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: