Banan haqida nimalarni bilasiz?

Ko‘pchilik issiq iqlimli mamlakatlarda o‘suvchi bu mevani sevib iste’mol qiladi. Ammo, ayrim kishilar uning xom oshqovoqni eslatuvchi ta’mini unchalik yoqtirishmaydi.

Bu mahsulot tarkibida dag‘al tolali kletchatka ko‘p bo‘ladi. Shu sababli qabziyat (ich qotishi)dan aziyat chekuvchilar uchun koni foyda. Chunki, banan biroz me’dada qiyin hazm bo‘lsada, lekin ichaklar peristaltikasi, ya’ni ularning harakati uchun katta ijobiy ta’sirga egaligi bilan diyetologlar tomonidan qadrlanadi. Shuningdek, uning tarkibida yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi kaliy va magniy kabi mineral moddalar mavjud. O‘zida tabiiy saxaroza, glyukoza va fruktoza tutuvchi bu tropik meva miya faoliyatini ham ancha yaxshilaydi va organizmning umumiy quvvatini tiklaydi. Bananda yana V6 vitamini ham mavjud bo‘lib, u ayniqsa, xotin-qizlar organizmiga ijobiy ta’sir etadi. Agarda hayz og‘riqli kechsa, banan iste’mol qiling. Shunda piridoksin (V6 vitamini) darmondorisi sababli ortiqcha vazndan ham asta-sekin qutilasiz. Yana ko‘zingiz ostida qoramtir xalqa yoki pastki qovoqlaringiz xalta kabi osilib qolganini, shuningdek, teringiz quruqroq bo‘lib, unda shishlar paydo bo‘lganini sezsangiz, albatta bu mevadan yeng.

Har kuni nonushta va tushlikdan so‘ng bir dona banan tanovul etsangiz bir oy o‘tgach yuzingizdagi bilinar-bilinmas ajinlarning ham tekislana boshlagani ko‘zga tashlanadi. Yuzingiz yashnab ketadi. O‘zingizni yashargandek his etasiz. Vujudingizni charchoq tark etib, qon tarkibida gemoglobin miqdorining ko‘tarilganini qon tahlili topshirib bilishingiz mumkin. Shuningdek, agar sizni “jig‘ildon qaynashi”(me’da shirasida kislota miqdori oshib ketsa)bezovta qilsa, bu mevani yegach ushbu dard ham asta-sekin bartaraf bo‘ladi.

Biroq, shuni unutmangki, uzoq o‘lkalarda yashil holicha uzilgan meva bizning yurtimizga kelguncha maxsus kimyoviy ishlovdan o‘tadi. Ko‘cha-ko‘y yoki bozorlarda bo‘lsangiz bananning po‘stini artgach albatta, qo‘lingizni namlantirilgan salfetka bilan kamida ikki marta artib tashlang. Agar iloji bo‘lsa qo‘lingizni sovunlab yuving. Bu, avvalo, o‘zingiz va oila a’zolaringizning xavfsizligi uchun muhim.

Me’da-ichak tizimida yallig‘lanish yoki yarasi mavjud bemorlarga banan tavsiya etilmaydi. Chunki, uni ko‘proq chaynash zarur, sababi bu meva biroz qiyin hazm bo‘ladi.

 

GULSHIRIN

Yana o‘qing:  Gijjadan yiroq bo‘lay desangiz...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: