Uy taomlari diabet xavfini kamaytiradi

Harvard maktabi olimlari uyda tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qiluvchi insonlarda fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni yeydiganlarga nisbatan qandli diabet kasalligining ikkinchi toifasiga chalinish xavfi kamroq kuzatiladi, degan xulosaga kelishdi.

Tadqiqot ko‘ngillilarning oziqlanish odati bo‘yicha ma’lumotlarga asoslandi. Ma’lum bo‘lishicha,  5-7 hafta davomida uyda taom iste’mol qilgan tadqiqot ishtirokchilarida diabetning ikkinchi turiga chalinish 15 foizga kamaygan. Buni quyidagicha tushunish mumkin: uydan tashqarida ovqatlanishga moyil insonlar yuqori energetik qiymatli mahsulotlar va kam miqdordagi ozuqa moddalarini iste’mol qilishadi. Bu esa diabetning ikkinchi turi paydo bo‘lish xavfini oshirib, ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.  

S.OCHILOV

Yana o‘qing:  Qalpoq kiygan qalamchalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: