Kitob bayrami
Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida “Kitob ma’naviyatning ikki qanoti”deb nomlangan kitob marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi X.To‘xtaboyev, bolalar shoiri Dilshod Rajab, “Gulxan” jurnali ijodkorlari hamda “O‘ratepa” mahallasi faollari ishtirok etib, yig‘ilganlarga kitob va kitobxonlik haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
***
Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 294-umumta’lim maktabida “Bolalar kitobxonligini oshirib” mavzusida kitobxonlar bayrami o‘tkazildi.
Tadbir davomida Toshkent shahri bo‘yicha o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari va internet materiallari asosida tayyorlandi