Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron ko‘rinishga o‘tkazildi
O‘zbekiston Moliya vazirligining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi “Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shaxsiy kartochkalar (shaxsga pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiya qarori asosida tayinlangan pensiya va nafaqalar haqidagi ma’lumotlar qayd etiladigan hujjatlar) endi faqat elektron ko‘rinishda yozib boriladi va axborot tizimida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, Pensiya va nafaqalarning bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.