Buxoroda deputatlar va senatorlar 630dan ortiq xonadonda suhbat o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari Buxoro viloyati, Peshku tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Ular tomonidan 630 dan ortiq xonadonda suhbat o‘tkazilib, 180 ga yaqin masala muhokama qilindi.