Sog‘liq, boylik, shodlik…

Bir gul bor – yashnab turar, qurimas, so‘lmas,

Bir nur bor – porlab turar, hech qachon so‘nmas.

Egilar – u, bukilar, ammo hech sinmas –

Bir kuch bor – eng qudratli, aslo yengilmaks.

 

Bu gul – Haqiqat,

Bu nur – Haqiqat.

Bu kuch – Haqiqat!

 

Bir qush bordir – hamisha yuksak parvozi,

Bir kuy bordir – yoqimli doimo sozi…

Bir so‘z bordir – o‘tkiru keskir ovozi,

Bir qo‘l bordir – eng kuchli dillar e’zozi.

 

Bir yo‘l bor – oydin, toza, ketkazar g‘amin,

Mehrdek chorlab turar, yancha alamni.

Bir tog‘ bor – hech qulamas, suyar odamni,

Bir cho‘g‘ bor – isitar butun olamni!

 

Bu gul – Iymondir,

Bu nur – Iymondir.

Bu kuch – Iymondir!

 

Adolatsiz – na taxtu, na baxt barqaror,

Gar nohalol mol-dunyo, davlat ham bekor!

Murodiga yetgay pok, imonli do‘st-yor,

Chin sevgili yurakda hamisha bahor!

 

To‘g‘rilik – sog‘lik,

Halollik – boylik,

Haq yo‘l, bu – shodlik!

 

Murod RAHMON

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: