Xususiy tibbiyot muassasalari aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi

1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qaror sharhida keltirilishicha, ayni paytgacha xususiy tibbiyot muassasalariga 177 turdagi tibbiy xizmatlarning atigi 50 tasiga ruxsat etilgan bo‘lib, qolganlari taqiqlangan edi. Mazkur qarorga binoan endi ularga tibbiy xizmatlarning deyarli barcha turlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Ruxsat etilgan tibbiy xizmat turlariga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, anesteziologiya va reanimatologiya, gelmintologiya, intervitsion kardiologiya, immunobiologik va immunoferment tashxis qo‘yish, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik va tibbiyot sohasida talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar kiritildi.

 Mazkur qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan Xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Qarorda 2017 yil 1 maydan boshlab sog‘liqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlarining yillik o‘rtacha cheklangan sonini 25 kishidan 100 kishigacha ko‘paytirish belgilangan.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: