Paralimpiyachilarimiz shohsupada

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ellikka yaqin davlatdan to‘rt yuzdan ziyod paralimpiyachi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnirda sportchilarimiz bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimiz vakili Natalya Semyonova musobaqaning nayza uloqtirish bahslarida oltin, yadro uloqtirishda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamiz a’zosi Elbek Sultonov yadro va disk uloqtirishda uchinchi o‘rinni egalladi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Kitob – ulkan mo‘jiza

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: