Iste’dodlar maktabi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabida 250 ga yaqin o‘g‘il-qiz xalq cholg‘ulari, fortepyano, xoreografiya, tasviriy san’at kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda.
San’at dargohida yaratilgan zamonaviy sharoit yoshlarning musiqa va san’at bobidagi mahoratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Buni nufuzli tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Rayhon Aytmurodova, Azamat Toshmuhammedov, Amira Muhammadiyeva kabi maktab o‘quvchilari hamda “Qars”, “Gulpari” estrada va raqs guruhlari misolida ham ko‘rish mumkin.
O‘zA