Toshkentda bionik uslubdagi istirohat bog‘i qurilmoqda
Dam olish maskanida mavjud bo‘lgan 4000dan ortiq daraxtlarning barchasi saqlab qolingan. Bundan tashqari, bog‘ ma’muriyati ekinlar va o‘simliklar sonini yanada ko‘paytirishni maqsad qilgan. Buning uchun hududga yana 5000 tup o‘simlik ekilishi ko‘zda tutilgan. Tashrif buyuruvchilar bu yerda turli sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, oq qumli maydonda plyaj voleybolini o‘ynashlari mumkin.
Yangi uslubdagi bog‘ 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida ochilishi rejalashtirilgan.