JAMG‘ARMA FAOLIYATIDAN (2012-38)

Toshkent shahri Qushbegi sport majmuasida jamg‘arma tayanch maskani hamda shahar bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari hamkorlikda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqalarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblariga jamg‘armaning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Navbahor tumani Yangiyo‘l qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli G‘ujbog‘tepa va Ortiqfarmon mahalla fuqarolar yig‘inlarida 212 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi 6 ta ma’ruza o‘qildi.

Sirdaryo viloyati Xovos tumani 2-sonli umumta’lim maktabida jamg‘arma mintaqaviy filiali, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hamda xalq ta’limi boshqarmalari hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun “Qarindoshga quda bo‘lmang” va “Erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga mavzuga oid materiallar tarqatildi.

Buxoro viloyati Buxoro shahar “Hafis” gimnastika sport majmuasida 1994-2003 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Buxoro viloyati kubogi va viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport musobaqasida respublikamizning 8 viloyatidan jamoalar ishtirok etdi. G‘olib va ishtirokchilarga jamg‘armaning mintaqaviy filiali, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Nukus shahri harbiy qismlarida voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida “Sog‘lom oilani shakllantirish” va “OIV infeksiyasi to‘g‘rida bilasizmi?” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Abbosjon ERGASHEV

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  NAJOTKORLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: