Qilichbozlarimiz Jahon kubogida oltin medal oldi
Finlandiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekistonlik qilichboz Oleg Sokolov oltin medal sohibi bo‘ldi.
Finlyandiyaning Turku shahrida bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichining “V” toifasidagi musobaqasida yurtimiz sharafini Oleg Sokolov himoya qildi.
AQSH, Rossiya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Panama, Gonkong, Xitoy Taypeyi, Venesuela va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 90 nafar sportchi orasida terma jamoamiz a’zosi shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlarda barcha raqiblarini ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
N.Norboboyev