Zika virusiga qarshi yana bir vaksina

Xitoy va fransiyalik olimlar Zika bezgagiga qarshi vaksinani ishlab chiqishdi.  Tati’ii’otda ushbu AQSH va Fransiyada ishlab chiqilgan vositalardan so‘ng, hisob bo‘yicha dunyodagi yettinchi hamda Osiyodagi birinchi Zika virusiga qarshi vaksinadir. U klinik sinovlardan avvalgi tadqiqot bosqichiga yetib keldi. Vaksiya Afrikada 2019 yildayoq ishlatilishi mumkin deyilgan.

Shanxaydagi Paster instituti ilmiy xodimi Xuan Chjunning ta’kidlashicha, ular tomonidan ishlab chiqilgan vaksina xavfsiz bo‘lib, Zika bezgagi bilan kurashda samaralidir.

Bunday vaksinani yaratishda gen muhandisligi uslubidan foydalaniladi, DNK gibridli molekulalari shaklidagi genetik tuzilmalar tashkil etiladi. Vaksinani yaratish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, Zika bezgagi – maymunlarning o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, ba’zida insonga chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Virus ayniqsa homilador ayollar uchun xavflidir. Sababi homilada bosh miya kasalliklari paydo bo‘lishiga olib keladi.

 

Manba: zamin.uz

Yana o‘qing:  O‘ZIMIZNING IXTIRO

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: