Ko‘klam salati
Zarur mahsulotlar: 2 dona bodring, 2 dona pomidor, 3 ta tuxum, 100 gr. pishloq, 250 gr. go‘sht, 1 bog‘dan ko‘k piyoz, shivit, petrushka, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz, murch va mayonez.
Tayyorlanishi: bodring va pomidor yirik somoncha shaklida to‘g‘raladi. So‘ng suvda pishirib olingan go‘sht va tuxum yirik to‘rtburchak, ko‘katlar va sarimsoqpiyoz esa mayda shaklda to‘g‘ralib, ustiga tuz, murch hamda mayonez solib aralashtiriladi. Likopchaga salat solinib, usti qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezaladi.
BEGOYIM